Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari va mutasaddilari iştirokida «Özbekistondagi mehnat bozori holati, majburiy mehnat va mehnat migratsiyasi tizimi» mavzusidagi oçiq muloqot bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar qiladi.

Muloqotda Özbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev boşçiligidagi mutasaddilar hamda mas'ul lavozimdagi boşqa xodimlar iştirok etdi.

Anjuman mehnat bozorining bugungi holati, majburiy va bolalar mehnatiga yöl qöymaslik, taşqi mehnat migratsiyasi, Koreya böyiça yangi tanlov tizimi, EPC Topic testi kabi dolzarb masalalar muhokamasiga bağişlangan.

Tadbirda taqdim etilgan raqamlarga e'tibor bersak, hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni 19 millionga yaqin bölsa, band aholi soni 13 milliondan ziyod. Ularning 5 milliondan oşiği rasmiy sektorda, 8 millionga yaqini norasmiy sektorda band. Xorijda işlayotganlar soni esa 2 million 300 mingdan ziyodni taşkil etadi.