Namangan viloyatidagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yilning 14 iyul kuni soat 11:12da Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Xo‘jand mahallasidagi 20-sonli umumta'lim maktabida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytiladi.
Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar soat 11:29da voqea joyiga yetib borib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11:31da qurshab olingan va 11:33da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan binoning 500 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida maktab binosining faollar xonasida saqlangan 14 dona sport to‘shagi (mat) yonib zararlangan.
Yong‘inni taxminiy sababi - xonada vaqtinchalik o‘tkazilgan elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
09:20 / 12.11.2024
Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi
21:11 / 11.11.2024