Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘lanadigan pensiya, nafaqa va ustamalar miqdoriga aniqlik kiritildi

Bugun, 15 iyul kuni «Xalqaro press klub»ning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida» Farmoniga bag‘ishlangan bu anjumanda farmonga doir o‘zgarishlar tushuntirib berildi, savollarga javoblar olindi.
Farmonda 2019 yil 1 avgustdan boshlab ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizdan 75 foizga oshirilishi belgilangan.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Shuhrat Davronov shu va boshqa masalalar yuzasidan izoh berdi.
«Farmonga asosan ikkinchi guruh nogironiga pensiyalarning eng kam miqdori oshirildi, ya'ni eng kam miqdor deganimizda ilgari yoshga doir minimal pensiyaning 50 foizi ikkinchi guruh nogironining minimal pensiyasi edi. Endi o‘sha 50 foizlik minimal miqdor 75 foizga oshirildi», deya pensiya jamg‘armasi direktori o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Farmongacha ikkinchi guruh nogironlarining yoshga doir pensiyalari 396 500 so‘m bo‘lgani holda uning 50 foizi 198 250 so‘m edi. Endilikda bu 436 150 so‘mga ko‘tarilgani holda, uning 75 foizi 327 113 so‘mni tashkil etyapti», deb qo‘shimcha qilgan budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mutaxassisi.
Shuningdek, farmonda 2-guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslarning pensiyalari ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshirilishi aytilgandi. Shu bo‘yicha mutaxassis aniqlik kiritib o‘tdi.
«2-guruh yolg‘iz nogiron shaxslar pensiya ustamasi eng kam ish haqining 50 foizi edi. Endilikda aynan o‘sha ustama miqdori 75 foizga oshirildi. Farmonga qadar ustama miqdori 111 000 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bu endi 165 000 so‘mni tashkil etadi», degan u.
Shu bilan birga, yana bir o‘zgarish haqida ma'lumot berildi.
«Birinchi guruh nogironlik nafaqasi va birinchi guruh nogironlik bo‘yicha 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron fuqarolarga birinchi marta qo‘shimcha to‘lov joriy etilyapti. Bu to‘lov eng kam oylik ish haqining 25 foizida bo‘ladi, ya'ni 55 570 so‘m. Bu har oylik nafaqa miqdorlariga qo‘shimcha sifatida joriy etiladi», degan mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

21:56 / 04.06.2025
Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy pensiyalarni bekor qilish taklif etildi

11:28 / 03.06.2025
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

23:06 / 01.06.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi

10:03 / 31.05.2025