O‘zbekiston | 07:36 / 16.07.2019
20107
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi

Foto: KUN.UZ

Talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Arizalar shu yilning 15 iyul kunidan 5 avgustiga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba –  soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

1. Ariza (hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi, joyida to‘ldiriladi)
2. Pasport nusxasi
3. Reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma'lumotnomadan nusxa

Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakultetida arizalar qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Labzak ko‘chasi, 107-uy
Mo‘ljal: Shayxontohur tumani 10-maktab yonida
Telefon: 71-241-55-89.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha:

Chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat'iy nazar o‘qishni qayta tiklash to‘g‘risidagi arizalar muayyan OTM tomonidan ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.

O‘qishni qayta tiklash (ko‘chirib tiklash emas) bo‘yicha arizalar har bir OTMning qabul komissiyasi tomonidan 2019 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar qabul qilinadi.

O‘qishini ko‘chirmoqchi, ko‘chirib tiklamoqchi yoki qayta tiklamoqchi bo‘lganlarga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Mavzuga oid