Ta’lim | 09:36
5572
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga o‘qishga ketmoqda? Top-10 ro‘yxat

2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 26,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 ming nafarga yoki 18,9 foizga kamaygan.

Foto: Shutterstock

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekiston fuqarolarining o‘qish maqsadida chet elga safarlari soni 26,4 ming nafarni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi qayd etishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,1 ming nafarga (18,9 foiz) kamaygan.

Statistikaga ko‘ra, o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilingan davlatlar orasida Rossiya (5 863 nafar) birinchi o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (5 761 nafar) va Qirg‘iziston (3 835 nafar) qayd etilgan. Shuningdek, ta’lim yo‘nalishidagi safarlar bo‘yicha Koreya (3 344 nafar) va Turkiya (2 256 nafar) ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

O‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilingan top-10 davlat:

Rossiya — 5 863 nafar;
Tojikiston — 5 761 nafar;
Qirg‘iziston — 3 835 nafar;
Koreya — 3 344 nafar;
Turkiya — 2 256 nafar;
Xitoy — 1 186 nafar;
Qozog‘iston — 1 014 nafar;
Buyuk Britaniya — 839 nafar;
Germaniya — 366 nafar;
AQSh — 318 nafar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatdan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaga safarlar ulushi yuqori ekani, shu bilan birga Osiyo (Koreya, Xitoy) hamda Yevropa va AQSh kabi yo‘nalishlarga ham qiziqish saqlanayotgani ko‘rinadi.

Milliy statistika qo‘mitasi mazkur raqamlar 2025 yil yanvar–oktyabr oylaridagi rasmiy hisob-kitoblar asosida shakllantirilganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid