Toşkent şahrida öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, fuqaro Ş.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uçun sudlangan) tanişlari yordamida fuqaro D.A. va uning ikki nafar tanişini Qaşqadaryodagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga 3-bosqiçdan öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan. Buning evaziga 6 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












