Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida joylashgan oromgohlarda “Ta'til” profilaktik tadbiri tashkil etildi
2019 yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent viloyatida bolalar bilan bog‘liq ravishda 45 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu falokatlarda 8 nafar norasida nobud bo‘ldi, 37 nafar bola turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Ularning ko‘pchiligi bir umrga nogiron bo‘lib qoldi.

Ushbu holatlarni xisobga olib, Toshkent viloyati YHX Boshqarmasi tomonidan viloyat hududida joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida yo‘l harakati xavfsizligi borasida “TA'TIL” profilaktik tadbiri tashkil etildi.

Bu yil Toshkent viloyati hududida jami 43 ta bolalar sog‘lamlashtirish oromgohi tashkil etilgan bo‘lib, bu oromgohlarning 33 tasi viloyatning so‘lim va betakror tabiati bilan nom chiqargan Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Bu oromgohlarda minglab bolalar ta'til kunlarini maroqli hamda sermazmun o‘tkazishmoqda. Barcha oromgohlarga yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari biriktirildi. Bu xodimlar aniq reja va tahlillar asosida u yerlarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarning xavfsizligini ta'minlash, ularga ta'til vaqtlarida ham xavfsizlik talablarini, yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatib borishdan iborat. Shu maqsadda oromgohlarda turli tadbirlar, ko‘rik tanlov hamda yo‘l harakati qoidalariga oid viktorinalar, savol-javoblar o‘tkazilayapti.
Rustam Asqarov,
Toshkent viloyati IIB YHXB katta inspektori.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026