Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasida fikr almashdi
Hindiston va O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha dolzarb masalalar, shu jumladan, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasida fikr almashdi. Uchrashuv 16 iyul kuni Nyu-Dehlida, Hindiston va O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhi sakkizinchi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Hindiston matbuoti.
Uchrashuv Hindiston Tashqi ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma kotibi Mahavir Singxvi va O‘zbekiston favqulodda va muxtor elchisi Farhod Orziyev raisligida o‘tkazildi.
Tomonlar dolzarb muammolar, jumladan, radikallashuv, terrorizm maqsadlarida Internetdan foydalanishning oldini olish va xorijiy terrorchi-jangarilarni qaytarish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.
Shuningdek, axborot almashish, salohiyatni oshirish va ilg‘or tajribani o‘rtoqlashish yo‘li bilan terrorizmga qarshi kurash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026