Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika sohasidagi loyihalar bo‘yicha qator talablar bekor qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Farmatsevtika sohasidagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan belgilanishicha:
a) farmatsevtika sohasidagi erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari va uning hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bo‘yicha quyidagi talablar bekor qilinadi:
eksport hajmi ishlab chiqarish faoliyatining ikkinchi yili kamida 20 foiz, uchinchi va keyingi yillarda 30 foizdan kam bo‘lmagan darajada amalga oshirish majburiyati;
erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ma'muriy kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilinishidan oldin biznes-rejalar va texnik-iqtisodiy asoslarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasini olish sharti;
b) farmatsevtika sohasidagi erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchisi maqomini olgan tadbirkorlik sub'yektlariga dorivor o‘simliklar xomashyosi yetishtirish bo‘yicha plantatsiyalar tashkil qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining tegishli qarorlari bilan erkin iqtisodiy zona hududidan tashqaridagi ball boniteti yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi uchun belgilangan yer maydonlarini ajratishga ruxsat berilishi mumkin.
Quyidagilar:
farmatsevtika sohasidagi erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxati;
farmatsevtika sohasidagi erkin iqtisodiy zonalarda yaqin istiqbolda amalga oshirilishi kutilayotgan investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, tegishli tijorat banklari bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq muddatlarini ko‘rsatgan holda “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Parkent-farm”, “Boysun-farm” EIZlarga ajratilgan hududlarni tegishlicha o‘rganib chiqib, ularda yangi loyihalar amalga oshirish uchun qo‘shimcha yer ajratish, foydalanishga yaroqsiz hududlarni viloyat hokimligi balansiga qaytarish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha 2020-2021 yillar davrida farmatsevtika sohasidagi erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini saqlab turish uchun, keyingi yillarda ularning o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta'minlashga o‘tishi sharti bilan, zarur mablag‘lar ajratadi.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
18:01 / 05.03.2026
Prezident O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni e’lon qildi
11:02 / 03.03.2026