Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bir kunda 531 piyoda jarimaga tortildi
Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati
Toshkent viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari kompleks tahlil qilinganda, har ikki YTHning biri piyodani urib yuborish holatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati 17 iyul kuni bergan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatida piyodalar ishtirokida 213 ta YTH sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, qariyb 50 foiz holatda YTHlar aynan piyodaning yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘lgan, 34 ta YTHda piyoda mast holatda bo‘lgan.
«Shu holatlarni hisobga olgan holda Toshkent viloyati hududida bir kunlik «Diqqat piyoda!» profilaktik tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbirda asosiy e'tibor qoidabuzar piyodalarga qaratildi. Kun davomida Toshkent viloyati YPX inspektorlari tomonidan piyodalarga nisbatan 531 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasiga ko‘ra, 531 fuqaroga nisbatan 35 million 883 ming 210 so‘m jarimalar belgilandi», – deyiladi xabarda.
Viloyat hududidagi tuman, shaharlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p qoidabuzar piyodalar Bekobod tumani (51 ta), Nurafshon shahri (48 ta), Chirchiq shahri (39 ta), Bo‘stonliq tumani (32 ta) va Angren shahri (28 ta)ga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
08:36 / 30.01.2026
Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
08:19 / 30.01.2026
Toshkent viloyatida mansabdor 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi
10:12 / 28.01.2026
Toshkent viloyatida kuchli dorilar noqonuniy savdosi fosh etildi
11:46 / 26.01.2026