Yöl harakati xavfsizligi xizmati Mirzo Uluğbek tumanidagi Osiyo köçasida RRFB — yuqori intensivlikdagi ogohlantiruvçi mayoqlar tizimini yangi turdagi faol yöl belgilari bilan uyğunlaştirgan holda sinov tariqasida işga tuşirdi.
Mazkur texnologiya haydovçilar piyodalar ötiş joyini qaysi qator yoki qaysi yönalişda harakatlanayotganidan qat’i nazar, uzoq masofadan aniq körişi uçun işlab çiqilgan. Tizim asosan transport oqimi past va örtaça bölgan köçalarda qöllaşga möljallangan.
Loyiha doirasida ogohlantiruvçi signal çiroqlari yölning ikki çetida, ajratuvçi qismida hamda qatnov qismi ustidagi baland konstruksiyaga örnatilgan. Bu esa piyodalar ötiş joyining haydovçilarga har qanday nuqtadan yaxşi körinişini ta’minlaydi.
Şuningdek, yölning ikki tomonida çaqiruv tugmalari bilan jihozlangan ustunlar örnatilgan. Piyoda tugmani bosgan zahoti ustunlardagi yorqin sariq signal çiroqlari işga tuşib, haydovçilarni piyodalarning yölni kesib ötiş niyati haqida ogohlantiradi.
«Piyodalar ötiş joyi» yöl belgisi ham yoruğlik tarqatuvçi maxsus quti şaklida tayyorlangan bölib, ayniqsa keçki va tungi vaqtda uning uzoqdan yaxşi körinişini ta’minlaydi.
AQŞ Federal avtomobil yöllari boşqarmasi (FHWA) tadqiqotlariga köra, RRFB tizimi örnatilgan piyodalar ötiş joylarida haydovçilarning piyodalarga yöl beriş darajasi örtaça 18–30 foizdan 98 foizgaça oşişi mumkin. Şuningdek, yorqin çaqnama signallar haydovçilarga tezlikni oldindan pasaytiriş imkonini berib, keskin tormoz beriş holatlarini kamaytiradi.
Bu Özbekiston yöl infratuzilmasida RRFB texnologiyasini pilot tartibda joriy etiş böyiça ilk loyihalardan biri hisoblanadi. Sinov natijalari asosida tizimning piyodalar xavfsizligini ta’minlaşdagi amaliy samaradorligi baholanadi.












