Yaqinda Xorazm viloyati, Urganç tumani, Aşxobod mahallasida yaşovçi bir neçta fuqarolardan murojaat kelib tuşdi. Murojaatda yozilişiça, ular yaşab turgan hududda davlat va jamoat ehtiyoji uçun maqsadli quriliş işlari boşlanişi rejalaştirilgan. Şu sabab hozirda buziş işlari boşlab yuborilgan. Lekin aholini köçiriş, ularga mulk beriş, zararlarini qoplaş va boşqa masalalar böyiça qonunlarga töliq amal qilinmayapti.

Murojaatni Urganç şahridan taşqaridagi aholi köçib borgan joylarni örganişdan boşladik. Bu yer Urganç tumaniga qaraşli Çandirqiyot qişloği deb nomlanarkan.

Avval qurilgan namunali uylar yaqinida yaqinda köçib kelgan Aşxobod mahallasida yaşagan köplab xonadon vakillarini uçratdik. Ba'zilari hokimiyat tomonidan berilgan kompensatsiya puliga quriliş işlarini boşlab yuborgan. Ustalar javlon urib işlamoqda.

Ayrim fuqarolar eski uyi qoldiqlari bölgan yoğoçlardan çaylaga öxşaş vaqtinçalik şiyponlar qurib olişgan. Şiyponning birinçi xonasida ovqat tayyorlaşsa, ikkinçisida ovqatlanişadi, televizor körişadi. Boşqa biridan esa yotoqxona sifatida foydalanişadi. Özbekiston kelajaklari bölmiş bolalar tahsil oladigan şahar maktablariga şu yerdan qatnaşmoqda. Hatto aholi özi bilan maişiy texnikalarigaça olib kelgan. Aynişi mumkin bölgan mahsulotlarni muzlatgiçda saqlaydi-da. Öşa yerdagi elektr ustunlaridan sim tortib tokdan ehtiyojlari uçun foydalanişmoqda. Ha, bu yerda rostdan ham insonlar yaşamoqda.

Vaziyatni yanada çuqurroq örganiş uçun öşa yerda yaşayotgan fuqarolarning bir neçtasi bilan suhbatlaşdik. Ulardan biri Aşxobod mahallasi 584-uyda yaşagan ayol bölib, bundan 20 kun avval köçib kelgan. Bu yerda farzandlari bilan yaşaydi. Turmuş örtoği Rossiyaga işlagani ketgan.

Uning aytişiça, ularning buzilgan uyi baholovçi taşkilot tomonidan 230 million sömga baholangan. Şundan 10 foizi (taxminan 24 million sömi) köçiriş, quriliş materiallari va boşqa xizmatlarga uşlab qolingan. Mahallada buziş işlari 1,5 oy avval boşlangan bölsa-da, haligaça ularga pul mablaği berilmagan. Ayol kunda moliya bölimi va boşqa taşkilotlarga qatnab sarson bölmoqda. Ayolning aytişiça, şahar hokimi Şuxrat Abdullayevdan yordam sörab qabuliga borsa, odatda uni tinglamaydi.