Jamiyat | 14:44 / 19.07.2019
8958
4 daqiqa o‘qiladi

«Qishloq qurilish bank» tomonidan 80 mingdan ortiq namunaviy uy-joylar moliyalashtirildi

Bu haqda «Qishloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi Dasturlarida «Qishloq qurilish bank» ishtiroki» mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Qayd etildiki, respublikamiz qishloqlarini obod qilish, aholining yashash sharoitlarinin yaxshilashga qaratilgan qator Davlat dasturlari doirasida 2009-2019 yillarda respublikamizda 123 mingdan ortiq namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi bo‘yicha ish olib borildi. Mazkur uy-joylarning 80 mingdan ortiq qismi bevosita «Qishloq qurilish bank» tomonidan moliyalashtirildi.

Qurilish ishlari uchun 15,41 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Bu borada birgina «Qishloq qurilish bank» tomonidan moliyalashtirilgan uy-joylar uchun 3,23 trln. so‘m aholi mablag‘lari, 6,34 trln. so‘m bank mablag‘lari sarflandi.

ATB «Qishloq qurilish bank» ishtirokida 2019 yilda qurilayotgan 6508 ta uy-joylardan umumiy qiymati 400,65 mlrd. so‘mlik 2183 ta uy-joylar Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan va umumiy qiymati 657,9 mlrd. so‘mlik 4325 ta uy-joylar Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ATB «Qishloq qurilish bank» ishtirokida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan qurilayotgan 2183 ta uy-joylar bo‘yicha aholining boshlang‘ich badal mablag‘lari hisobidan 36,63 mlrd. so‘m, bank mablag‘lari hisobidan 143,21 mlrd. so‘m, jami 179,84 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar «Qishloq qurilish invest» MChJ injiniring kompaniyasining maxsus hisob raqamlariga o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Islom taraqqiyot banki ajratgan mablag‘lar hisobidan Andijon (1400 ta), Buxoro (385 ta), Jizzax (812 ta), Navoiy (576 ta), Namangan (576 ta) va Sirdaryo (576 ta) viloyatlarida qurilayotgan 4325 ta uy-joylar uchun pudrat tashkilotlarining bajarilgan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 331,9 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar «Qishloq qurilish invest» MChJ injiniring kompaniyasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi hamda Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi fuqarolarning boshlang‘ich badallari hisobidan shakllantirilgan 54,1 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar asosiy qurilish materiallari va uskunalari xaridi uchun injiniring kompaniyaning maxsus hisob raqamlariga o‘tkazib berildi.

2019 yil Dasturi doirasida quriladigan ayrim arzon uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fondning 1,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘larining yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda bank bilan BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida quriladigan arzon uy-joylarning 800 tasi energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha 1,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha bitim tuzildi.

Bir so‘z bilan aytganda, tashkil topganligining 25 yilligini nishonlayotgan ATB «Qishloq qurilish bank» O‘zbekistonda qishloqlar obodligini ta'minlash, aholi turmush sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etmoqda.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBANK

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Xizmatlar litsenziyalangan.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid