Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri markazida qurilish vagoni yonib ketdi
2019 yil 19 iyul kuni soat 02:55da, M.Ulug‘bek tumani, Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari kesishuvida joylashgan qurilish maydoni hududida qurilish vagoni 10 kv.m maydonda yongan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:05da bartaraf etilgan.
Yong‘in elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
10:00 / 11.07.2026
Dalalarda yong‘inlar kosmosdan kuzatilmoqda
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
09:35 / 06.07.2026