Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod metro liniyasida navbatdagi burg‘ilash ishlariga start berildi
Joriy yilning 18 iyul kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oralig‘idagi tunnelning navbatdagi qismida burg‘ilash ishlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi loyihasining umumiy qiymati – 124,8 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Barpo etilayotgan yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrdan iborat.
Loyiha “Toshkent Metroloyiha” MChJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra qurilish ishlari joriy yilda to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu ishlar nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo‘lib, har ikkisi ham sharqona me'morchilik an'analari asosida barpo etilmoqda.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
11:09 / 02.05.2026
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
23:31 / 18.03.2026