O‘zbekiston va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
2019 yilning 19 iyul kuni Toshkent shahrida konsullik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti direktori Georgiy Tabatadze boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
Maslahatlashuvlar chog‘ida konsullik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari hamda ikki mamlakat huquq-tartibot organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Migratsiya sohasidagi hamkorlik, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishga alohida e'tibor qaratildi. Elektron vizalarni berish, identifikatsiya kartochkalarini rasmiylashtirish jabhalarida, konsullik sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va Faxriy konsul institutidan foydalanish masalalari borasida ham tajriba almashildi.
Muzokaralar yakunida Konsullik maslahatlashuvlari bayonnomasi imzolandi. Hujjat konsullik-huquqiy sohasida erishgan kelishuvlarini ikki mamlakatning manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan bajarilishini tartibga soladi.
Mavzuga oid
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024
Gruziya parlamenti prezidentning impichmentini qayta boshlaydi
11:45 / 06.10.2024