Jamiyat | 14:53 / 20.07.2019
15025
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi mototsikl tomonidan urib yuborilishi oqibatida halok bo‘ldi

Foto: AFP 2019 / Str

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 18 iyul kuni Antaliyada O‘zbekiston fuqarosi Z.X. yo‘lni kesib o‘tayotganda mototsikl tomonidan urib yuborildi va voqea joyida vafot etdi.

Elchixona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hamyurtimizning jasadi Antaliyadan Istanbulga olib kelingan va bugun «Istanbul - Toshkent» yo‘nalishi orqali vatanga yuboriladi.

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Turkiya, Iroq va Janubiy Afrika Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Anqara shahridagi mamlakat elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid