Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya sohillariga bir hafta ichida 700dan ortiq noqonuniy muhojirlar keldi
O‘tgan hafta davomida Ispaniya Andalusiyasi sohillariga qayiqlarda 700dan ortiq muhojirlar keldi, deb xabar berdi Europa Press agentligi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, 13ta qayiqda jami 712 nafar muhojir, jumladan 20ga yaqin bola kelgan. Shuningdek, xabar qilinishicha, bir nafar ayol halok bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, iyulning dastlabki haftasida dengizda 405 nafar muhojir qutqarib qolingan va Ispaniya janubidagi shaharga keltirilgan. Keyingi haftada esa bu raqam 590 nafarni tashkil etgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Ispaniya sohillariga iyul boshidan buyon 1,7 mingdan ortiq muhojir kelgan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026