Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi noma'lum shaxslar tomonidan kaltaklandi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 18 iyul kuni mazkur shaharning Frunze tumanida O‘zbekiston fuqarosi M.K.ning noma'lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, pul va qimmatbaho buyumlari olib qo‘yilgani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur jinoyatni sodir qilishda gumon qilinayotgan 3 nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi TIV xabarida.
Bosh konsulxona huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tashicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
21:28 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
18:29 / 21.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga keldi
18:14 / 21.12.2025