Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina kemasi Mavritaniya yaqinida cho‘kib ketdi
Ukrainaga tegishli “Ivan Golubets” okean trauleri bortida uzoq davom etgan yong‘indan keyin Mavritaniya sohillari yaqinida cho‘kib ketdi. Bu haqda 22 iyulda Facebook’da Ukraina prezidentining Qrimdagi sobiq vakili Boris Babin ma'lum qildi.
Babinning ma'lum qilishicha, baliq ovlovchi kema 21 iyulda okeanda cho‘kib ketgan. Kema bortida 90 kishi bo‘lgan, ulardan ikki nafari halok bo‘lgan.
“Kemaning voqea oldidan tushunarsiz xatti-harakatlari, avtomatik identifikatsiya tizimi o‘chirilishi va jamoaning kemani qutqarish vaqtidagi g‘alati harakatlari mutaxassislarga kema tryumlarida baliqdan tashqari, yana qiziqroq nimadir bo‘lganini taxmin qilishga imkon bermoqda. Birovga yaxshisi ko‘rsatmagan ma'qul bo‘lgan nimadir”, deb qo‘shimcha qilgan Babin.
Kema Ukraina davlat kompaniyasiga tegishli bo‘lib, latviyalik tadbirkor tomonidan boshqarilgan. Bu kema Ukrainaga tegishli 4 ta okean kemasidan biri bo‘lgan. Bu kemalarda tarixan Yangi Zelandiya hududida baliq ovlangan. 3 yil avval “Ivan Golubets”ning joyi o‘zgartirilib, u Mavritaniya hududiga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026