Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul Trampdan Afg‘onistondagi urush to‘g‘risida aytgan so‘zlari uchun izoh talab qildi
Afg‘oniston hukumati AQSh prezidenti Donald Trampni Afg‘onistondagi urushni bir necha kun ichida tugatishi mumkinligi to‘g‘risidagi so‘zlarini izohlab berishga chaqirdi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
"Afg‘on xalqi biror xorij davlati uning taqdirini hal qilishiga yo‘l qo‘ymagan va yo‘l qo‘ymaydi. Biz AQShning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo mamlakat taqdiri xorij yetakchilarining afg‘on rahbariyati ishtirokisiz uchrashuvida belgilanishi mumkin emas", - deyiladi mamlakat prezidenti ma'muriyati bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, Afg‘oniston hukumati Vashingtondan Trampning pozitsiyasi bo‘yicha izoh kutadi.
Tramp 22 iyulda Oq uyda Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashib, unga “bu urushni bir haftadayoq yuta olishini, faqat “10 mln odamni o‘ldirishni istamasligini” aytgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026