Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning kamida 20 foizi madaniyat va san'at muassasalariga jalb etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarni madaniyat va san'at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning kamida 20 foizini madaniyat va san'at muassasalariga hamda umumta'lim maktablarida tashkil etiladigan to‘garaklar va boshqa madaniy tadbirlarga keng jalb etish bo‘yicha “yo‘l xarita”si;
Yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va monitoring olib borish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi;
Yoshlarni madaniyat va san'atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida madaniyat va san'at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etiladigan madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san'at maktablari ro‘yxati;
Yoshlarni madaniyat va san'atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida madaniyat va san'at yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etiladigan umumta'lim maktablari to‘g‘risida ma'lumot;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda san'at masalalari bo‘yicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilar ro‘yxati;
Madaniyat va san'at muassasalari hamda umumta'lim maktablarida to‘garaklarni mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa cholg‘ulari va boshqa jihozlar bilan ta'minlanadigan muassasalar ro‘yxati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2022 yillarda qurilish, ta'mirlash hamda jihozlash ishlari olib boriladigan obektlarning manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat hamda san'at masalalari bo‘yicha biriktirilgan ijodiy maslahatchilarning asosiy vazifasi o‘zlari biriktirilgan hududlardagi yoshlarni madaniyat va san'atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish yuzasidan tuman va shahar hokimliklariga uslubiy, ijodiy va tashkiliy yordam berishdan iborat ekani aytiladi.
Belgilanishicha, Yo‘l xaritasiga muvofiq yoshlarni madaniyat va san'atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ishlarini amalga oshirishda birinchi navbatda umumta'lim maktablari imkoniyatlaridan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xalq ta'limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda umumta'lim maktablarida barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan hamda yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda viloyatdagi yoshlarni madaniyat va san'atga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
Bunda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
to‘garaklar faoliyatini belgilangan tartibda tashkil etish, to‘garaklarni tegishli kadrlar bilan ta'minlash, umumta'lim maktablarida turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlarni muntazam o‘tkazish, ularning mazmundorligini ta'minlash;
to‘garaklar faoliyat yuritishi, tadbirlar o‘tkazilishi uchun zarur xonalar ajratish va tegishli sharoit yaratish, ularga o‘quvchi-yoshlar qatnovini yo‘lga qo‘yish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari madaniyat markazlari va umumta'lim maktablarida zarur musiqa cholg‘ulari va boshqa jihozlar bilan ta'minlash bo‘yicha mas'ul etib belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi takliflari asosida bir oy muddatda madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san'at maktablari, umumta'lim maktablarida tashkil etiladigan to‘garaklar uchun zarur bo‘ladigan musiqa cholg‘ulari va boshqa jihozlarni xarid qilish masalasini hal etadi.
Belgilab qo‘yilishicha, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san'at maktablari, umumta'lim maktablarini zarur musiqa cholg‘ulari va boshqa jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta'minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, muassasalarning o‘z daromadlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
“Yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va monitoring olib borish bo‘yicha ishchi guruh Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarning ijrosini har chorakda kamida bir marta tahlil qilib, ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etib borish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston xalq artistlari klubi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining:
“O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston xalq rassomi”, “O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvonlariga ega san'atkorlar, ijodkorlar va madaniyat xodimlari, “Nihol” mukofoti sovrindorlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat va san'at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirish;
ijodiy maslahatchilarni har oyda bir marotaba joylarga xizmat safariga borib-kelishlari uchun belgilangan tartibda imtiyozli temir yo‘l chiptalari bilan ta'minlash;
ijodiy maslahatchilarni kutib olish va kuzatish, ichki transport bilan ta'minlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimlari tomonidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Mavzuga oid
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
13:38 / 21.05.2026