Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yaratilayotgan mahalliy navlar, xorijiy davlatlardan import qilinayotgan nav va duragaylarni sinovdan o‘tkazish va davlat reyestriga kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash va muhofaza qilish tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
qishloq xo‘jaligi ekinlari, mevali va manzarali ko‘chatlarning navlari va duragaylari sinovini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, qishloq xo‘jaligi ekinlari sinovi sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi navlarining muhofazasini kuchaytirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovining resurstejamkor va innovatsion texnologiyalar asosida o‘tkazilishini bosqichma-bosqich joriy etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratilgan yer resurslaridan samarali foydalanish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sifat tahlillarini o‘tkazuvchi laboratoriyalarni zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash stansiyalari va uchastkalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
sohani malakali kadrlar bilan butlash hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash va muhofaza qilish agentligi etib qayta tashkil etiladi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
mahalliy va xorijiy mamlakatlarda yaratilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari bo‘yicha seleksiya yutuqlarini muhofaza qilish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovini o‘tkazishni uslubiy ta'minlash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash va muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash va muhofaza qilish bo‘yicha kadrlarning malakasini oshirish.
Belgilanishicha:
Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, shuningdek, maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi;
Agentlik O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi amalga oshiriladigan loyihalar mablag‘lari asosida yaratilgan seleksiya yutuqlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestri kiritilib, patent olingandan so‘ng joriy qilinadi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
19:05 / 12.05.2026