Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada treylerda bir necha kun suv va yeguliksiz qolgan 150 migrant qutqarildi
Meksika politsiyasi treylerdan bir necha kun suv va yeguliksiz qolgan 150 migrantni qutqardi. Bu haqda Excelsior portali xabar berdi.
Go‘yoki sabzavotlar tashib ketayotgandek bo‘lgan yuk mashinasi Verakrus shtatida yo‘l harakati qoidasini buzgani uchun to‘xtatilgan. Tekshiruv vaqtida politsiyachilar mashina kuzovidan yordam berish haqidagi hayqiriqlarni eshitishgan.
Kuzov ochilganda u yerda 73 nafar gvatemalalik, 45 nafar gonduraslik, 26 nafar salvadorlik va 6 nafar ekvadorlik aniqlagan. Ular bir necha kun suv va yeguliksiz qolib ketganlarini aytishgan.
Haydovchi va uning sherigi hibsga olingan. Migrantlar qorni to‘yg‘azilib, vatanlariga qaytarish maqsadida zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun migratsiya markaziga jo‘natilganlar.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026