Jahon | 19:10 / 24.07.2019
11420
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada issiq harorat rekordi qayd etildi

Foto: Getty Images

Niderlandiyada 24 iyulda issiq harorat rekordi qayd etildi. Bu haqda Qirollik meteorologiya instituti xabar berdi.  

Soat 15.00 atrofida Shimoliy Brabant provinsiyasidagi Gilze-Reyyen aholi punktida havo harorati 38,8 daraja issiqqa ko‘tarilgan. Mamlakatda avvalgi issiq harorat rekordi 1944 yil 23 avgustda qayd qilingan va 38,6 darajani tashkil qilgan. 

23 iyulda Butunjahon meteorologiya tashkiloti joriy haftada Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Fransiya va Shveytsariyada 40 darajalik rekord issiq harorat kutilayotganini xabar qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid