O‘zbekistonlik o‘quvchilar biologiya bo‘yicha jahon olimpiadasida sovrindor bo‘lishdi

Shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida biologiya fanidan o‘tkazilgan 30-jahon olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng muhim nufuzli xalqaro tadbirlaridan biri bo‘lgan mazkur olimpiadada dunyoning 80ga yaqin davlatidan 300 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
Jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi o‘quvchilari Saida Valijonova, Xosiyat Qudratova va Navoiy akademik litseyi o‘quvchisi Husayn Egamov ham mazkur olimpiadada ishtirok etib, bronza medal sovrindorlari bo‘lishdi.
«Ta'lim muassasamiz o‘quvchi yoshlari 2008 yildan buyon kimyo fani bo‘yicha o‘tgan qator jahon va xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etib, bugungacha ellikka yaqin oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Bu galgi jahon olimpiadasida o‘quvchilarimiz biologiya fanidan ham sovrindorlar safidan joy olgani katta yutug‘imiz bo‘ldi»,- deydi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ortiqboy Ishonqulov.
«Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimida jadal islohotlar olib borilmoqda. Bu jarayonda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan ta'lim jarayonida oqilona foydalanish yuzasidan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 300 nafardan ziyod o‘quvchilar tahsil olayotgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi pedagogik jamoasi ham bu borada ta'lim tizimi oldida turgan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish, yoshlarga xalqaro andazalar darajasida ta'lim berishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilari bu jarayonda mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi ilm-fan, ta'lim maskanlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Buning natijasida xorijdagi va mamlakatimizdagi nufuzli ilm-fan muassasalarining olimlari va pedagoglar ta'lim jarayoniga jalb etilyapti. Dars va mashg‘ulotlarni o‘tishda poytaxtimizdagi va Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv-ilmiy bazalaridan samarali foydalanilyapti.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni kunlarda akademik litseyning yana bir guruh yoshlari Fransiya poytaxti Parijda kimyo fanidan o‘tayotgan xalqaro olimpiadada ishtirok etyapti. Demak, xorijdan yoshlarimizning zafarli odimlari haqida xushxabarlar kelishi davom etadi, degan umiddamiz», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
-
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi
Jahon | 13:32
-
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi
O‘zbekiston | 12:35
-
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
Sport | 12:23
Mavzuga oid

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

01:09 / 08.04.2025
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»

00:10 / 23.03.2025
Olimlar nima uchun odamlarda erta bolalik xotiralari yo‘qligini tushuntirdi

16:56 / 11.11.2024