Joriy yilning 9–16 avgust kunlari Toşkent şahridagi CAEx körgazmalar markazida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 bölib ötadi. Mazkur nufuzli intellektual musobaqaga Özbekiston ilk bor mezbonlik qilayotgani mamlakat ta’lim tizimi va axborot texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan biri sifatida baholanmoqda.

Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) maktab öquvçilari örtasidagi eng nufuzli dasturlaş musobaqalaridan biri bölib, unda dunyoning eng iqtidorli yoş dasturçilari özaro bellaşadi. Olimpiada texnologik kompaniyalar va yetakçi ilmiy-tadqiqot muassasalari uçun iqtidorli yoşlarni kaşf etiş maydoni sifatida ham e’tirof etiladi.

Taşkilotçilar ma’lumotiga köra, IOI 2026 tarixida iştirokçi mamlakatlar soni böyiça rekord örnatildi. Olimpiadada 97 mamlakatdan 386 nafar öquvçi qatnaşiş uçun röyxatdan ötgan.

Özbekiston terma jamoasi ham musobaqada yuqori natijalar qayd etişni maqsad qilgan. Mamlakat terma jamoasi 2025 yili Boliviyada ötkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasidan kumuş va bronza medallari bilan qaytgan edi.

IOI 2026 musobaqasi 9–16 avgust kunlari CAEx körgazmalar markazida bölib ötadi. Olimpiada haqida batafsil ma’lumotni ioi2026.uz rasmiy veb-sayti orqali oliş mumkin.