Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda filippinlik shaxs ijtimoiy tarmoqlarda IShIDni targ‘ib qilgani uchun 10 yilga qamaldi
Abu Dabi apellyatsiya sudi Filippin fuqarosini ijtimoiy tarmoqlarda IShID terrorchilik guruhini targ‘ib qilgani uchun o‘n yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Amirlikning The National nashri xabar bermoqda.
Sudlanuvchi IShIDga qo‘shilish va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot uchun yettita sahifa yaratishda aybdor deb topildi - beshtasi Facebook’da, bittasi Twitter’da va yana bittasi Telegram’da. Ularda 30 yoshli oddiy ishchi IShID haqida tashviqot ma'lumotlarini joylashtirib, guruh foydasiga mablag‘ yig‘ishga chaqirgan.
Shuningdek, mahkum 2 million BAA dirhami (545 ming AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortildi. Jazoni o‘tab bo‘lgach, u deportatsiya qilinadi.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026