Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng uzun yo‘lovchi samolyot sinovi 2020 yilgacha qoldirildi – dvigatelda nuqson aniqlangan
Boeing aviasozlik kompaniyasi o‘zining yangi havo laynerining sinov parvozlarini noma'lum muddatga qoldirdi. Boeing-777X samolyotining ilk sinov parvozi 2020 yil boshigacha qoldirilgan. Bunga dvigatelni ishlab chiqishdagi muammolar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda kompaniya saytida e'lon qilindi.
Yangi samolyot bilan bog‘liq muammolar haqida o‘tgan oyda Reuters agentligi xabar qilgan edi. Unga ko‘ra, 777X modeli uchun maxsus ishlab chiqilgan dvigatelni sinash chog‘ida nuqson aniqlangan edi.
Dastavval, keng fyuzelyajli dunyoning eng uzun yo‘lovchi samolyoti bo‘lishi kutilgan 777X parvozi 2019 yil kuziga belgilangandi. Ilk buyurtmalar 2020 yilda mijozlarga yetkazib berilishi kutilayotgan edi.
Mavzuga oid
11:17 / 20.10.2025
Hongkongda Boeing uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va dengizga quladi
09:02 / 23.09.2025
O‘zbekiston Boeing bilan sheriklikni kengaytiradi
08:26 / 23.09.2025
Uzbekistan Airways 8 mlrd dollarga 22 ta Boeing Dreamliner'ni xarid qiladi
21:52 / 04.07.2025