Jahon | 07:35 / 25.07.2019
8959
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniy navbatdagi marta 30 kunga hibsga olindi 

Foto: EPA/vostock-photo

Moskva shahri Simonov sudi 24 iyulda muxolifatchi Aleksey Navalniyni kelishilmagan ommaviy tadbirda ishtirok etishga chaqirishda aybdor deb topdi. Shu sababli unga 30 kunlik hibsga olinish ko‘rinishida ma'muriy jazo tayinlangan.

Navalniy Rossiya ma'muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning “Yig‘ilish, namoyish, miting, yurish yoki piket qilishni tashkillashtirishning belgilangan tartib-qoidalarini takroran buzish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Bayonnomaga ko‘ra, muxolifatchi 20 iyuldagi ruxsat berilmagan mitingda fuqarolarni 27 iyulda Moskva shahri dumasiga saylovlarga mustaqil nomzodlarning qo‘yilishi uchun o‘tkaziladigan aksiyada ishtirok etishga chorlagan.

Navalniy sud majlisida o‘z aybini tan olmasligini aytgan. Sudda u hech kimni mitingga chiqishga chorlamagani, shunchaki qolgan barcha OAV kabi mustaqil nomzodlar nimaga chorlashayotganidan xabardor qilganini aytgan.

Bundan bir kun avval muxolifatchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinganini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid