Mana bir neça yildirki, özbekistonliklar poytaxtda propiska qiliniş masalasini faol muhokama qilib kelişadi.

Mavzuning dolzarbligidan kelib çiqib, Kun.uz «Sizning fikringiz» Telegram-kanalida ekspress-sörov ötkazdi. Sörovda jami 4 061 kişi qatnaşdi. Sörov iştirokçilari Özbekistonda propiska tizimidan voz keçiş payti keldimi, degan savolga javob berişdi.

Iştirokçilarning jami 69 foizi propiska institutiga qarşi fikr bildirdi. Aksariyat respondentlar (31 foiz) propiska mamlakat rivojiga xalaqit beryapti, deb hisoblaydi. Darhaqiqat, u qaysidir ma'noda içki migratsiyaga xalaqit bermoqda. Masalan, poytaxtda propiskasi bölmagan şaxs Toşkentda öz biznesini oçişi amrimahol. Viloyatlik tadbirkorlar Toşkentdan köra Qozoğiston yoki Rossiyada öz biznesini oçiş yengilroq ekanligini ta'kidlaşmoqda. Bundan taşqari, qonunçilikdagi sönggi özgarişlarga qaramasdan, Toşkentda poytaxt propiskasisiz iş topiş qiyin.

Sörovda qatnaşganlarning 26 foizi propiska – inson huquq va erkinliklari buzilişi ekanligini ta'kidlagan. 

Şu bilan birga, respondentlarning 12 foizi propiska biznesga aylanib ketyapti degan fikrda.

Eslatib ötamiz, hozirda özbekistonliklar poytaxtdan qimmatbaho yangi xonadon sotib olib doimiy propiska olişi mumkin. Ikkilamçi bozor esa propiska uçun butunlay yopiq. Şu sababli köpçilik Toşkentda bir neça yildan beri yaşayotgan bölsa ham, vaqtinçalik hisobga turişga majbur.

Norma’ning yozişiça, qarorga muvofiq, Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan jismoniy şaxslar faqat yangi qurilgan köçmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitob qiliş yöli bilan sotib olişlari va davlat röyxatidan ötkazişlari mumkin.

Bunda poytaxt va viloyatda yangi qurilgan köçmas mulk sotib olgan, doimiy propiskaga ega bölmagan jismoniy şaxslar oldi-sotdi şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun şartnoma summasining 5 foizi, biroq 10 EKIHdan (2 027 300 sömdan) kam bölmagan miqdorda davlat boji tölaşlari kerakligi belgilandi.