Ukrainaliklarning yarmidan köpi (59 foiz) Rossiya öz mamlakatiga qarşi boşlagan uruşni tugatiş uçun harbiy harakatlarni töxtatiş va Rossiya rahbariyati bilan murosa topiş tarafdori. 31 avgust, yakşanba kuni e’lon qilingan «Reyting» (Rating Group) Ukraina sotsiologik guruhi sörovi natijalari şundan dalolat bermoqda.
Şu bilan birga, respondentlarning 20 foizi 2014 yilda Rossiya tomonidan egallab olingan Donbass va qöşib olingan Qrim Ukrainaga qaytarilguniga qadar harbiy harakatlar davom etişini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Yana 13 foizi 2022 yil 23 fevral holatiga köra demarkatsiya çiziği yoki çegara örnatiş tarafdori bölgan.
Respondentlarning 82 foizi muzokaralarni Rossiya bilan uruşni tugatişning real usuli deb hisoblaydi, ulardan 62 foizi uçinçi davlatlar iştirokida murosa topişni qöllab-quvvatlaydi, 20 foizi esa Kiyev va Moskva örtasida töğridan töğri muzokaralar olib borişni talab qiladi.


















