Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston hukumati tez kunlarda toliblar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishini ma'lum qildi
Afg‘onistonning tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Abdul Salom Rahimiy yaqin ikki hafta ichida "Tolibon" harakati a'zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishini ma'lum qildi. Bu haqda 1TV telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, muzokaralar "Yevropadagi poytaxtlardan birida" o‘tkaziladi. Rahimiy rasmiy Kobul tomonidan ishtirok etadigan 15 kishidan iborat muzokara guruhi shakllantirilayotganini bildirdi.
Afg‘onistondagi qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida tinchlik muloqotini o‘rnatish masalasi turli maydonlarda muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajadagi ana shunday uchrashuvda ilk bor toliblarning Dohadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026