Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada Apple mahsulotlariga ham boj va boshqa imtiyozlar berilmaydi
Amerika Apple korporatsiyasining Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlari uchun boj to‘lovlari masalasida istisno qilishni rejalashtirmayapti. Ya'ni, endilikda, garchi Apple Amerika milliy brendi hisoblansa-da, uning Xitoyda ishlab chiqarilgan elektron mahsulotlarini Amerikaga olib kirishda boj to‘lovlari to‘lanadi. AQSh yetakchisi Twitter sahifasida shunday bayonot qoldirdi.
Bundan avval, kompaniya o‘zining Mac Pro professional kompyuter ishchi stansiyasi ishlab chiqishni AQShdan Xitoyga ko‘chirgan edi.
«Apple’ga Xitoyda ishlab chiqariladigan Mac Pro ehtiyot qismlari uchun boj va imtiyoz masalasida istisno taqdim etilmaydi. Ularni AQShda bojlarsiz ishlab chiqaring!» – deb yozgan Amerika rahbari.
The Wall Street Journal nashri yozganidek, Apple Tayvanda joylashgan Quanta Computer pudratchisi bilan kelishuvga erishgan. U o‘zining Shanxay yaqinidagi zavodida Mac Pro kompyuterlarini ishlab chiqaradi. Chakana narxi 6 ming dollar turuvchi Mac Pro professional kompyuteri Apple kompaniyasining shu vaqtgacha AQSh hududida ishlab chiqilgan yagona mahsuloti edi. Endilikda, Kaliforniya korporatsiyasi Quanta Computer XXRda, osiyolik ta'minotchilariga yaqin joylashgani bois, xarajatlarni sezilarli kamaytirishi mumkin.
Shu bilan birga, Yaponiyaning Nikkei gazetasi, Apple Xitoy va AQSh o‘rtasida savdo tortishuvlari kuchayib borayotgani tufayli, o‘zining 15-30 foiz ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa davlatga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.
Bundan tashqari, Google kompaniyasining AQSh hukumati bilan ehtimoliy hamkorligi Amerika milliy xavfsizligi masalasi borasida tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Hukumat bu masalani o‘rganib chiqadi. Oq uy yetakchisi Twitter sahifasida xuddi shunday fikrni bildirdi.
There may or may not be National Security concerns with regard to Google and their relationship with China. If there is a problem, we will find out about it. I sincerely hope there is not!!!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) July 26, 2019
«Milliy xavfsizlik masalasidagi tashvishlanish Google va uning Xitoy bilan munosabatlariga nisbatan ham qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi mumkin. Muammo borligini biz aniqlaymiz. Ishonamanki, muammo yo‘q!» - deb yozdi prezident Tramp.
Ma'lumki, Amerika rahbari AQSh ma'muriyati PayPal to‘lov tizimi hamasoschilaridan biri, tadbirkor Piter Tilning Google kompaniyasi Xitoy hukumati bilan hamkorlik qilishiga doir bayonotini o‘rganib chiqishini aytgan edi.
Avvalroq, Til Google kompaniyasi Pekin va xitoylik harbiylar bilan hamkorlik qilishi xususida bayonot berib, AQShni surishtiruv o‘tkazishga chaqirgan edi. Bunda Google Xitoy Qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilayotganiga doir axborotni inkor etgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026