Jahon | 19:52 / 27.07.2019
7560
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh 2 avgustda o‘rta masofalarga uchuvchi raketalar bo‘yicha shartnomadan chiqadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya bilan imzolangan «O‘rta va kichik masofaga uchuvchi yo‘qotish to‘g‘risidagi shartnoma»dan chiqadi. Bu avval belgilanganidek, joriy yil 2 avgust kuni amalga oshiriladi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida ushbu rejani tasdiqladi. 

Shu bilan birga, siyosatchi Moskva shartnoma shartlarini «buzganidan» afsus bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh fevral oyida «O‘rta va kichik masofaga uchuvchi yo‘qotish to‘g‘risidagi shartnoma»dan chiqishini bildirgan edi. O‘shanda, Vashington Rossiyani hujjat shartlariga mos kelmaydigan raketalarni ishlab chiqishda ayblagan, biroq dalillarni taqdim etmagan edi. Bunga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 iyulda O‘KMURSh bitimini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid