O‘zbekiston | 18:40 / 27.07.2019
104875
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Urganchdagi holat bo‘yicha bosh vazirga topshiriq berdi

Abdulla Aripov / Foto: KUN.UZ

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahri Ashxobod ko‘chasida istiqomat qilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilikni joyiga chiqib o‘rganish, tahlil qilish va ijobiy hal etish uchun bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergan.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, shunga muvofiq bosh vazir Angrendan Xorazmga yetib borgan. Chondirqiyot qishlog‘i hududiga ko‘chirib yuborilgan odamlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan.

Ayni paytda aholiga kompensatsiya pullari o‘sha yerning o‘zida to‘lab berilmoqda.

Ma'lum qilishlaricha, hukumat joylarda obodonlashtirish ishlari, jumladan, buzilishlar yuzasidan bir guruh deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovni o‘rganib chiqmoqda, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlarga va jamoatchilikka bu haqda qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Mavzuga oid