Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisi bölib ötyapti.

Prezident Yangi Özbekiston yangi parlamenti bilan birga öz taraqqiyotining hal qiluvçi bosqiçiga qadam qöyayotganini ta’kidladi. Bu yangi davrda keçagi talab va mezonlar bilan, eskiça işlab bölmasligi qayd etildi. Şu bois hukumat öz faoliyatini mutlaqo yangiça asosda taşkil etişi kerak, buning uçun unga kuçli rahbar, ya’ni, boş vazir zarur.

Davlat rahbari bu masalani atrofliça öylab, Özbekiston Respublikasi boş vaziri lavozimiga Abdulla Niğmatoviç Aripov nomzodini körsatişga qaror qilganini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Abdulla Aripov katta taşkilotçilik salohiyatiga ega bölgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo çuqur his etadigan rahbar ekani ta’kidlandi.

Uşbu nomzod bugun hukumat oldiga qöyilgan, kölami va miqyosi benihoya katta bölgan muhim vazifalarni hal etişda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali taşkil qilişi, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlaştirib, yagona maqsad sari safarbar eta olişiga işonç bildirildi.

Prezident Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga möljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.

Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari sözga çiqib, nomzod va dastur yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.

Nomzod va Hukumatning dasturi körib çiqilgaç, Boş vazir lavozimiga nomzodni ma’qullaş masalasi ovoz berişga qöyildi.

Yaşirin ovoz beriş yöli bilan deputatlar Abdulla Aripovni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga ma’qulladi.

Eslatib ötamiz, 63 yoşli siyosatçi 2016 yil 13 sentyardan buyon Özbekiston Hukumatini boşqarib kelmoqda.