Özbekiston mahalliy parrandaçilik sohasi uçun zarur bölgan ozuqa mahsulotlarining 85 foizini import qilib, soya va kungaboqar şroti, makkajöxori çetdan olib kelinmoqda. Bu haqda çorvaçilik, parrandaçilik, qorakölçilik, quyonçilik, baliqçilik va asalariçilik sohalarini rivojlantirişga bağişlangan seminar-yiğilişda ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanişiça, «bugungi kunda qoramolning 94 foizi, qöy va eçkining 84 foizi, parrandaning 58 foizi aholi xonadonlarida boqiladi. Şu bois, çorva, parranda va baliq uçun uzluksiz ravişda sifatli ozuqa mahsulotlarini işlab çiqarişni yölga qöyiş dolzarb masalalardan biridir. Importni kamaytiriş, mahalliy şaroitda yuqori quvvatli ozuqa yem işlab çiqarişni rivojlantiriş zarur. Parrandaçilikda ozuqaning 85 foizi import qilinib, haligaça köp miqdorda soya va kungaboqar şroti, makkajöxori çetdan olib kelinadi». 

Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Bahromjon Norqobilovning sözlariga köra, 6 ming 500 çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaligida 2023 yilgaça maxsus naslçilik tarmoqlari taşkil etiladi. Sun'iy uruğlantiriş orqali qoramollarning sut va göşt mahsuldorligini oşiriş mumkin. Şu bois, sentabr oyidan Samarqand veterinariya meditsinasi institutida sun'iy uruğlantiriş bilan şuğullanuvçi mutaxassislarning malakasini oşiriş markazi taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Teri, göşt va momiq jun oliş uçun boqilayotgan quyonçilik yönalişlari ham rivojlanmoqda. Jumladan, bugungi kunda aholi xonadonlari va quyonçilik xöjaliklarida 112 ming 600 dan ziyod quyon boqilmoqda. Ularning 66 mingdan ortiği zotdor quyon hisoblanadi. Şu sababli, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi tizimidagi Çorvaçilik va parrandaçilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida “Quyonçilik seleksiyasi va genetika markazi” taşkil etiladi. 

“Özbekiston asalariçilari” uyuşmasi raisi Şerali Suyarqulov ta'kidlaşiça, 2019 yil uçun respublikada asalariçilik sohasini strategik rivojlantiriş yönalişi belgilanib, bunda qişloq xöjaligi ekinlari va boğlarni asalarilar bilan çanglatiş agrotexnikasi amaliyotda qöllanila boşlangan. Samarqand viloyatining Jomboy va Bulunğur tumanlarida 1 ming 500 gektar maydondagi mevali ösimliklar 7 ming 500 dan ziyod asalari oilasi orqali çanglatildi.

Mazkur agrotexnikaning qöllanilişi natijasida faqatgina 90 gektar yerga ekilgan gilos boğining har bir gektaridan kamida 10 tonnadan hosil olinişiga erişildi.