Qöşilgan qiymat soliği nol stavkasi qöllanadigan qişloq xöjaligi mahsulotlari röyxati kengaytirildi, deya xabar berdi Soliq qömitasi axborot xizmati.

Qayd etilişiça, röyxatga yana 14 ta mahsulot qöşilgan. Xususan, yangilangan röyxatga tirik baliqlar, tirik buzoqlar, sigirlar, buqalar, qöylar, eçkilar, otlar, tuyalar, eşaklar, asalari oilalari (paketlar), ipak qurti, şuningdek ferula-kovrak köçati va smolasi kiritilgan.

Ma’lumot uçun, QQSning nol stavkasi qöllanadigan mahsulotlar röyxati jami 518 pozitsiyadan iborat. Unga olma, nok, örik, şaftoli, xurmo, tarvuz, qovun kabi mevalar va poliz mahsulotlari, pomidor, bodring, karam, kartoşka singari sabzavotlar, moş, nöxat, guruç kabi donli va dukkakli ekinlar, sut, qaymoq, tvorog, tuxum, yangi, sovitilgan va muzlatilgan göşt mahsulotlari, baliq va dengiz mahsulotlari, şuningdek uruğlar, köçatlar va gullar kiritilgan.

Qonunçilikka köra, röyxatga keyinçalik ham özgartiş kiritiş mumkin. Bu böyiça takliflar Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengaşi, viloyat hokimliklari yoki qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçi sub’yektlar tomonidan berilişi mumkin.