Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistondan xorij qo‘shinlari chiqib ketgan taqdirdagina hukumat bilan muzokara o‘tkazishini ma'lum qildi
"Tolibon" harakati mamlakatdan xorij qo‘shinlari chiqib ketishi e'lon qilinmagunicha Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazmoqchi emas. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shahinga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
"Afg‘onlararo muzokaralar faqatgina Afg‘onistondan xorij qo‘shinlari chiqib ketishi e'lon qilinganida boshlanadi", - dedi Shahin.
Avvalroq Afg‘onistonning tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Abdul Salom Rahimiy yaqin ikki hafta ichida "Tolibon" harakati a'zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishini ma'lum qilgandi.
Afg‘onistondagi qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida tinchlik muloqotini o‘rnatish masalasi turli maydonlarda muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajadagi ana shunday uchrashuvda ilk bor toliblarning Dohadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026