Jamiyat | 16:13 / 29.07.2019
10676
2 daqiqa o‘qiladi

78 000 000 so‘mni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida joriy yilning 23 iyul kuni Samarqand ko‘chasida yashovchi 38 yoshli M.I. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil may oyida Navro‘z mahallasida joylashgan “Pusur-oqsoqol” jom'ye masjidiga kelgan vaqtida noma'lum shaxslar uning “Lasetti” rusumli avtomashinasi yuk xonasini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, u yerdan 78 000 000 so‘m pullarini va “Mi-4” rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Niyozov ko‘chasida yashovchi 45 yoshli S.F., 32 yoshli J.Z. va Ozodlik ko‘chasida yashovchi 42 yoshli R.G‘. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

IIV ma'lumotiga ko‘ra, tergov harakatlari davom etmoqda.  

Mavzuga oid