Jamiyat | 11:33 / 29.07.2019
2952
6 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekinvest» kompaniyasi joriy yilning I yarmida 153 mlrd. so‘m sug‘urta mukofoti yig‘di va mijozlari 480 mingdan ortdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalari, xususan sug‘urta sohasi ham jadal rivojlanmoqda.

«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston sug‘urta bozorining ajralmas bir qismi hisoblanib, 2019 yilning 1-yarim yili davomida o‘z faoliyatidagi asosiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta'minladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi «Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida tovar va xizmatlarni eksport qiluvchi mahalliy eksportchilarimizga 256 mln. AQSh dollari hajmidagi, ya'ni markazlashmagan (noxomashyo mahsulotlari) eksportning 11 foiziga sug‘urta himoyasi taqdim etildi. 2018 yil mobaynida esa ushbu ko‘rsatkich 8,6 mln. AQSh dollarini tashkil etgan edi.

Sug‘urtaning umumiy turlari bo‘yicha 153 mlrd. so‘m hajmda sug‘urta mukofotlari tushumi ta'minlandi va 2018 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 136 foizni tashkil etgan. Tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar hajmi 32,1 trln. so‘mni yoki 3,7 mlrd. AQSh dollari ekvivalentini tashkil etdi.

Kompaniya joriy yilning 1-yarmi yakunlariga ko‘ra sug‘urta mukofotlarini yig‘ish bo‘yicha respublika umumiy sug‘urta bozorining 18 foizini egallab, mahalliy sug‘urta kompaniyalari orasida yetakchilikni saqlab qoldi.

Ushbu davrda mijozlarning 6871 ta sug‘urta da'volari ko‘rib chiqilib, ularga qariyb 9,3 mlrd. so‘m hajmidagi sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

Aholi bilan ishlashni faollashtirish esa jismoniy shaxslarni sug‘urtalash bo‘yicha 18,6 mlrd. so‘m yoki 2017 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 2,1 barobar ko‘p hajmidagi sug‘urta mukofotlari tushumini ta'minlash imkonini berdi.

2019 yilning o‘tgan olti oyi davomida 17 ta yangi hududiy sug‘urta bo‘limlari ochildi va ularning umumiy soni 201 taga yetdi. Tuman sug‘urta bo‘limlari tomonidan 29,3 mlrd. so‘m yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 barobar ko‘p sug‘urta mukofotlari tushumi ta'minlangani esa «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan respublikaning qishloq hududlari aholisi va korxonalarini sug‘urta xizmatlari bozoriga faol jalb etilayotganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, kompaniya mijozlari soni eng avvalo, qishloq hududlar hisobiga 2018 yilning shu davriga nisbatan 162 foizga o‘sib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar soni 480,5 mingtani tashkil etmoqda.

Kompaniya ko‘p yillardan buyon kredit va investitsiyalarni sug‘urtalovchilar Xalqaro Bern ittifoqining to‘la huquqli a'zosi hisoblanadi. Uning doirasida 20 dan ortiq xorijiy mamlakatlarning davlat eksport-kredit agentliklari bilan aloqalar o‘rnatilgan va hamkorlik rivojlanmoqda.

Faol xalqaro sug‘urta faoliyatini amalga oshirish natijasida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturlari doirasida AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Shveytsariya va boshqa mamlakatlar xorijiy investorlari va pudratchilari tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar hajmi

20 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu majburiyatlar 2024 yilgacha amalda bo‘ladi.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya, Rossiya Federatsiyasi va Shveytsariya kabi dunyoning yetakchi sug‘urta kompaniyalari o‘ntaligiga kiruvchi transmilliy sug‘urta, qayta sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta brokerlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Joriy yilning 10 iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarlan kelib chiqib, «O‘zbekinvest» kompaniyasi 2019 yilning 2-yarmida o‘z oldiga quyidagi yangi va tizimli vazifalarni qo‘ygan:

- mahalliy eksportchilarga sug‘urta himoyasini taqdim etish bo‘yicha xizmatlarni tubdan rivojlantirish va oshirish hamda yil yakuniga qadar markazlashmagan eksportning sug‘urtalash hajmini 1 mlrd. AQSh dollariga yetkazish ko‘zda tutilgan;

- aholi va biznes sub'yektlari ehtiyojlariga mos va innovatsion sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish;

- onlayn sug‘urtani joriy etish va Internet-do‘kon xizmatlarini jismoniy shaxslar uchun ommaviy rivojlantirish;

- sug‘urta mahsulotlari va xizmatlarni faol targ‘ib qilish;

- kompaniya faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va kompaniyaning ishonchli informatsion xavfsizlik darajasini ta'minlash;

- «uzluksiz ta'lim» konsepsiyasini amalga oshirish va yetakchi xorijiy sug‘urta kompaniyalari va o‘quv markazlarida xodimlar malakasini oshirish va boshqalar.

«O‘zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati

Mavzuga oid