Jamiyat | 18:30 / 30.07.2019
4431
3 daqiqa o‘qiladi

Namanganda muntazam hamda sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda

Keyingi yillarda respublikamizda elektr energiyasi sohasida qator islohotlar o‘tkazilmoqda. Xususan, mazkur yo‘nalishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish va sohani yanada takomillashtirish yuzasidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bu borada qabul qilingan farmon, qaror va qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash borasida mamlakatimizning barcha hududlarida izchil ishlar amalga  oshirilmoqda.

Jumladan, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida 2019 yilning o‘tgan davrida jamiyat tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarini texnik soz holatini ta'minlash va iste'molchilarga muntazam hamda sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining “2017-2021 yillar davrida past kuchlanishli elektr tarmoqlarni yanada modernizatsiya qilish va yangilash Dasturi to‘g‘risida” gi qaroriga asosan, 349,3km 0,4-6-10 kV li elektr uzatish tarmoqlarini yangi qurish va eskirganlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 165,4 km yoki 47,4 foizga bajarildi.

Shuningdek, 192 ta transformator punktlaridan 113 tasi yoki 58,9 foizi yangi qurildi va rekonstruksiya qilib, ishga tushirilgan bo‘lsa, 537 ta transformator punktlaridan amalda 439 tasi yoki 82 foizi mukammal ta'mirlandi.

Bundan tashqari, 0,4-110 kV li elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta'mirlash yillik rejasi 1 211,4 km bo‘lib, amalda 1 006,1 km ga yoki 83 foizga bajarildi.

0,4-110 kV li elektr uzatish tarmoqlarini 7 246,5 km ni joriy ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 5 450, 2 km yoki, 75,2 foizi joriy ta'mirlandi.

2 445 ta transformator punktlaridan 1 604 ta yoki, 65,6 foizi joriy ta'mirlandi. Natijada, 162 870 ta aholi xonadonlari, shu hududlarga joylashgan ijtimoiy soha obektlari va tadbirkorlik sub'yektlarining elektr ta'minoti yaxshilandi.  

Iste'molchilar elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Namangan shahrida 127 565 maishiy iste'molchilarning (aholi xonadonlarini) elektr hisoblagichlarining 106 970 tasi EHNAT (ASKUE) tizimiga ulash uchun zamonaviy elektron elektr hisoblagichlarga almashtirildi va mansublik chegarasiga chiqarildi. Bu ishlar yakuniga yetkazilish arafasida.

Mavzuga oid