Bugun, 30 iyul kuni Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi tomonidan 2019 yilning birinçi yarim yilligida amalga oşirilgan işlar va kelgusidagi rejalarga bağişlangan matbuot anjumani taşkil etildi.

Berilgan ma'lumotlarga köra, 2019 yil I yarim yilligi mobaynida Özbekiston Respublikasi «Davlat-xususiy şeriklik töğrisida»gi qonuni qabul qilindi. DXŞ sohasiga huquqiy oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va Adliya vazirligiga kiritildi.

DXŞ loyihalarini amalga oşiradigan me'yoriy-huquqiy hujjatlar röyxati (prezidentning 24ta farmoni, 65ta qarori va Vazirlar Mahkamasining 43ta qarori inventarizatsiya qilindi). Natijada, prezidentning 3 farmoniga, 5ta qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 8ta qaroriga özgartirişlar kiritiş taklif qilindi.

2019 yilda amalga oşirilişi rejalaştirilgan 15ta loyiha tasdiqlangan. Bu elektr energiyasini işlab çiqariş, transport sohasi (aeroport, yöllar va h.k.), ijtimoiy soha (soğliqni saqlaş, ta'lim va maktabgaça ta'lim, sport), telekommunikatsiya, kommunal xöjalik (suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik, qattiq çiqindilar), qişloq va suv xöjaligi, turizm sohalari hisoblanadi. Hozirgi kunda Agentlik tomonidan mutassadi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qiymati 10 mlrd AQŞ dollardan köp bölgan 17ta davlat-xususiy şeriklik loyihalari böyiça töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş işlari olib borilmoqda.

Xususan, quyoş, şamol energetikasi, Buğgaz qurilmalarini örnatiş, Toşkent xalqaro aeroporti va viloyatlardagi aeroportlarni DXŞ asosida modernizatsiya qiliş, Toşkent-Andijon, Toşkent-Samarqand avtomobil yölini quriş loyihasini amalga oşiriş, Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarşi şaharlarida suv ta'minoti hamda kanalizatsiya tizimlarini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida boşqaruvga beriş, Soğliqni saqlaş vazirligi bilan hamkorlikda sterilizatsiya markazlarini quriş, ijtimoiy dorixonalar, reabilitatsiya markazlari, onkologiya markazlari va markaziy laboratoriyalarni barpo etiş böyiça loyihalarni amalga oşiriş şular jumlasidandir.

Muxbirning «Toşkent-Andijon, Toşkent-Samarqand avtomobil yölini quriş loyihasini amalga oşiriş böyiça ançadan buyon xabarlar beriladi. Bugungi kunda loyihaga kirişişning aniq muddatlari va investorlar haqida ma'lumotlar bormi?» degan savoliga agentlik direktori Ğolib Xoljigitov javob berdi.