Özbekistonda taşkil etiladigan pulli yöllarda 150 km/soatgaça tezlikda harakatlanişga ruxsat berilişi közda tutilgan. Bu haqda Avtomobil yöllari qömitasi boş yuriskonsulti Hasan Umarov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, “Avtomobil yöllari töğrisida”gi qonunning yangi tahririda pulli yöllarga oid normalar ham belgilanmoqda. Qonun qabul qilingaç, yöl harakati qoidalariga özgartiriş kiritiladi va pulli yöllarda tezlikni soatiga 150 kilometrgaça oşiriş mumkinligi belgilab qöyiladi.

Umarovning aytişiça, pulli yöldan foydalanişdagi narx hisoblaş metodikasi hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Bunda, stavkalarning eng yuqori çeklangan miqdorlari belgilab qöyilişi va investor yöl tölovini ana şu eng yuqori miqdordan oşirmasligi talab etiladi.

“Masalan, [hozir] 100-200 km joyga boradigan bölsa, yölda neçta radarga tuşadi. Bitta radarga tuşsangiz ham, 200 ming söm tölaysiz. Pulli yölda esa, bugungi xomçötlarimizga köra, 200 km harakatlaniş tölovi 100 ming söm atrofida böladi. Bu hisob-kitoblar hali özgarişi mumkin”, – dedi Avtoyöllar qömitasi boş yuriskonsulti.

Qonunçilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi raisining örinbosari Farhod Zayniyevning aytişiça, pulli yöl taşkil qilişda unga muqobil bepul yölning mavjud bölişi talab etiladi.

“Masalan, bir nuqtadan ikkinçi nuqtaga yetib oliş uçun hozir mavjud yöl pulli yölga aylantirilmaydi, mana şu yöl saqlanib qolgan holda, şunga muqobil pulli yöl qurilişiga ruxsat beriladi. Demak, yölovçida tanlov böladi: xohlasa davlat tomonidan qurilgan umumiy avtomobil yöllaridan bepul harakatlanadi, yoki vaqtini tejaş maqsadida, töxtovsiz, yuqori tezlik rejimida yuriş uçun pul tölab, pulli yöl orqali harakatlanişi mumkin”, – dedi Zayniyev.

Uning sözlariga köra, pulli yöllardan tuşgan pullar qayerga sarflanişi ham körib çiqilayotgan qonunda aniq yozilgan.

“Agar pulli yöl davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil qilingan bölsa, tuşumlar avvalo şu yölni saqlaşga, ta’mirlaşga, sifatini oşirişga sarflanadi. Qolgan qismi “Davlat-xususiy şeriklik töğrisida”gi qonunga asosan, investitsiya kiritgan tadbirkorning uluşi hisoblanadi. Lekin DXŞdagi davlat qismi faqat öşa yölni rivojlantirişga sarflanişi belgilab berilyapti”, – dedi deputat.