Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi: Notarius yordamchisi mijozdan ortiqcha pul olgani aniqlandi. Notarial idoradagi barcha xodimlar ishdan bo‘shatildi
Adliya vazirligi o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilib, shu yil boshida «Korrupsiyaga qarshi kurashish» va «Ochiq adliya» dasturlarini joriy etdi. Mazkur ikki loyiha orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik yordamidan foydalanish nazarda tutilgan. Xususan, xodimlar mas'uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida fuqarolarga adliya organlarida foto, video va audio qayd etishga ruxsat berildi. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta'kidlab o‘tildi.
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Tojiyevning aytishicha, adliya organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlar darhol yetkazilishini ta'minlashga qo‘shimcha imkoniyat yaratish uchun telegram ijtimoiy tarmog‘ida @antikorbot nomli maxsus bot yaratildi.
Ma'lum qilinishicha, shu kunga qadar botga 2 mingdan ziyod tezkor xabar kelib tushdi va ularga asosan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasiga ko‘ra tizimda ishlayotgan 18 nafar xodim lavozimidan ozod etildi. Jumladan, notarius yordamchisi mijozdan ortiqcha pul mablag‘i olgani tufayli o‘sha notarial idoradagi barcha xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.
Vazirlik tizimida 1 ming 28ta qisqa muddatli tekshirishlar yakunida 832ta, 670 marta o‘tkazilgan «sirli mijoz» tadbirlarida esa xizmat ko‘rsatishning sifati, muddati, shart-sharoiti o‘rganilib 221 nafar mas'ulga tegishli jazo choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 11.07.2026
Endi ovchilik guvohnomasi uchun kurs va testdan o‘tish talab etiladi
10:20 / 08.07.2026
Past xavf toifasidagi nodavlat ta’lim muassasalari tekshirilmaydi
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026