Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasida yirik yong‘in yuz berdi
2019 yil 31 iyul kuni soat 11:09da, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 14a-uy, Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasi hududida joylashgan armatura ishlab chiqarish sexining transformator podstansiyasi va uning moylari 250 kv.m. maydonida yongan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:14da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 11:53da qurshab olinib, soat 12:24da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 10 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in ishlab chiqarish texnologik jarayonining buzilishi natijasida elektr ta'minotining ortiqcha kuchlanishidan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
“Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishlarini so‘rab qoladi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi
15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
17:49 / 31.10.2024
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bir kishi halok bo‘lgan
21:01 / 29.10.2024