Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ikki yil avval tuzilgan parlament komissiyasi tugatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli ravishda quyidagi qonunlarning loyihalarini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi loyiha:
– odam savdosi qurbonlarini xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish mexanizmini belgilash;
– odam savdosi qurbonlarini qayta yo‘naltirishning milliy mexanizmini joriy etish;
b) bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilganlik uchun javobgarlik normasini belgilaydigan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi loyiha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy komissiyaning rasmiy veb-sayti ishlab chiqilishi va faoliyat yuritishini ta'minlaydi;
Milliy komissiya bilan birgalikda, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda keng axborot-targ‘ibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bunda davlat organlarining rahbarlari va jamoatchilik vakillarining chiqishlari nazarda tutiladi hamda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion ko‘rsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-son Konvensiyasini (Jyeneva, 1976 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilganligi hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining faoliyatini tugatish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasini tugatish tavsiya etildi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025