Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati va Grodno oblasti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi
Belarusning Lida shahrida Samarqand viloyati va Grodno oblasti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi.
Tomonlar imzolangan shartnomalarni yaqin vaqt ichida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
"Biz samarali, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz", - dedi Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Oybek Xo‘jayev.
U hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida agrar sohada mutaxassislar tayyorlashni tilga oldi. Oybek Xo‘jayev shuningdek, Grodno oblasti bilan naslli chorvachilik, o‘simliklar seleksiyasi yo‘nalishlarida aloqa o‘rnatishdan manfaatdorligini ma'lum qildi.
Tomonlar bundan tashqari, O‘zbekistondan meva-sabzavotlar, paxta mahsulotlari, Grodnodan oziq-ovqat, yog‘och, shishasozlik sanoati mahsulotlari yetkazib berishni oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Samarqand viloyati ishbilarmonlari delegatsiyasiga shu yilning sentyabrida bo‘lib o‘tadigan "Yevroregion "Neman" biznes-forumi va ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etish taklif qilindi.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026