Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlar O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko hamrohligida Minskda tashkil etilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizning keng turdagi mahsulot va xizmatlari uchun «BelEkspo» milliy ko‘rgazmalar markazida alohida majmua ajratilgan.
Maydoni 3 ming kvadrat metr bo‘lgan usti yopiq manejda 25 ta eksklyuziv stendlar qurilib, “O‘zeltexsanoat”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zsanoatqurilishmateriallari”, “O‘ztreyd”, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari kabi yetakchi kompaniya va uyushmalar, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentliklari mahsulotlari ko‘rgazmaga qo‘yilgan. 500 kvadrat metr ochiq maydonda esa avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa tovarlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmada o‘nta viloyatimizdan yuzdan ziyod korxona va tadbirkorlik sub'yektlari o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. Yurtimizning turizm salohiyati targ‘ibotiga ham alohida e'tibor qaratilgan.
29 iyul kuni ochilgan ushbu ko‘rgazmaga Belarusning barcha hududlaridan ishbilarmon doiralar, savdo va sanoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari kelmoqda.
Aleksandr Lukashenkoga mamlakatimiz kompaniyalarining quvvati va salohiyati, mahsulotlarning sifati haqida so‘zlab berildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston kompaniya va agentliklarining mutasaddilariga Belarusdagi manfaatdor korxonalar bilan kooperatsion aloqalarni o‘rnatish, qo‘shma savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Mavzuga oid
14:33 / 07.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ibrohim G‘afurov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
08:19 / 05.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin AESning birinchi energiya bloki qurilishiga start berdi
08:18 / 05.06.2026